KOREYS XALQ MAQOLLARIDA HASAD VA IJTIMOIY QADRIYATLAR MUNOSABATI
Keywords:
koreys xalq maqollari, hasad (envy/시기), ijtimoiy qadriyatlar, kollektivizm, chemyeon (yuz/obroʻ), oilaviy raqobat, “배 아프다”, uygʻunlik (harmony/jeong).Abstract
Ushbu tezisda Koreya xalq maqollarida hasad (envy) tushunchasi va ijtimoiy qadriyatlar (jamiyatdagi uygʻunlik, raqobat, oilaviy munosabatlar, mehnatsevarlik va chemyeon – “yuz” yoki “ijtimoiy obro”) oʻrtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Tadqiqotda koreys folkloridagi asosiy maqollar, xususan “사촌이 땅을 사면 배가 아프다” (“Agar amakivachchangiz yer sotib olsa, qorningiz ogʻriydi”) kabi iboralar asosida hasadning ijtimoiy sabablari va uning jamiyatdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Hasad koʻpincha salbiy his-tuygʻu sifatida baholanadi, ammo u ijtimoiy raqobatni ragʻbatlantiruvchi omil boʻlishi ham mumkin. Tezis koreys madaniyatining kollektivizm va ierarxiya tamoyillariga asoslanib, hasadni ijtimoiy qadriyatlar bilan bogʻlaydi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, koreys maqollari hasadni cheklash va jamiyat uygʻunligini saqlashga qaratilgan