YOZMA TARJIMANI O‘QITISHDA AN’ANAVIY, KORPUSGA ASOSLANGAN VA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN YONDASHUVLARNING INTEGRATSIYASI: SWOT TAHLIL ASOSIDA LINGVODIDAKTIK MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yozma tarjima, korpus lingvistikasi, sun’iy intellekt, SWOT tahlil, lingvodidaktik model, post-editing, tarjima kompetensiyasi, verifikatsiya, parallel korpus, tarjima ta’limi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada yozma tarjimani o‘qitishda qo‘llanilayotgan an’anaviy, korpusga asoslangan hamda sun’iy intellektga asoslangan yondashuvlarning lingvodidaktik imkoniyatlari qiyosiy SWOT tahlil asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida har bir yondashuvning kuchli va zaif tomonlari, mavjud imkoniyatlari hamda ehtimoliy xavflari aniqlanib, ularning tarjima kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni baholangan. Natijalar asosida nazariy tayyorgarlik, korpus orqali verifikatsiya va sun’iy intellekt vositalari yordamida post-editing bosqichlarini integratsiyalovchi lingvodidaktik model taklif etilgan. Model talabalarning analitik fikrlash, pragmatik va stilistik moslikni ta’minlash, tarjima qarorlarini qabul qilish hamda mustaqil tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari tarjima ta’limini modernizatsiya qilish, korpus texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.