FILOLOG TALABALARDA YOZMA TARJIMA KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA MODUL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASINING O’RNI

Authors

  • Saydaliyeva Nigora Faxritdinovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: modul pedagogik texnologiya, yozma tarjima kompetensiyasi, innovatsion yondashuv, filologik ta’lim, tarjima metodikasi, individuallashtirish, didaktik modul, o‘quv elementlari, kompetensiyaviy yondashuv, tarjima ko‘nikmalari, moslashuvchanlik, bosqichlilik, pedagogik texnologiyalar.

Abstract

 Annotatsiya. Mazkur maqolada yozma tarjima kompetensiyasini samarali
shakllantirishda modul pedagogik texnologiyasining o‘rni va ahamiyati ilmiynazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etiladi. Unda an’anaviy o‘qitish metodlari bilan bir qatorda innovatsion yondashuvlarning, xususan modul tizimining tarjima jarayonidagi samaradorligi yoritilgan. Modul pedagogik texnologiyasining mazmuni, tuzilishi, asosiy xususiyatlari hamda uning individuallashtirish, moslashuvchanlik va bosqichlilik kabi afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, P.A. Yutsyavichene, N.E. Kachura, M.Yu. Oleshkov, A.V. Aganov va E.I. Ananyeva kabi olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, modul yondashuvining tarjima kompetensiyasini rivojlantirishdagi metodik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida modul texnologiyasiga asoslangan yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tarjima jarayonini tahlil qilish, ekvivalentlikni aniqlash va amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi aniqlangan. 

Downloads

Published

2026-06-17